Fan-texnika | 15:55 / 23.09.2017
19656
3 daqiqa o‘qiladi

Tirnash, egish, yoqish: iPhone 8 sinovlardan o‘tkazildi

Foto: TechCrunch

iPhone 8 kechagina sotuvga chiqqaniga qaramay, internetda u bilan o‘tkazilgan o‘ziga xos tajribalar tasvirlangan videoroliklar paydo bo‘ldi.

JerryRigEverything taxallusli taniqli bloger yangi smartfonni birinchilardan bo‘lib chidamlilikka tekshirib ko‘rdi hamda rolikni YouTube’dagi kanalida joylashtirdi. Yangilik o‘tgan yilgi iPhone 7’dan ancha mustahkam bo‘lib chiqdi.
 
Jyerri iPhone 8’ni avvaliga tirnalishga qay darajada chidamliligini sinab ko‘rdi. Smartfon bu jarayondan muvaffaqiyatli o‘tdi: uni faqatgina Moosa shkalasi bo‘yicha oltinchi qattiqlik darajasi bo‘lgan asbob bilan tirnashning uddasidan chiqildi. Oddiy foydalanuvchiga bu shuni anglatadiki, displey uchun kichik narsalar va kalitlar qo‘rqinchli emas. iPhone 8 dinamiki, kameralari va orqa paneli ham ancha mustahkam bo‘lib chiqdi. Yagona minus: asosiy kameraning yoqutli qoplamasi metall bo‘rtiqqa ega emas, bu esa unga osonlik bilan ziyon yetkazish mumkinligini bildiradi.

Umuman olganda, bu yaxshi, ammo juda zo‘r natija emas. Taqqoslash uchun: Tissot soatlari va HTC U Ultra smartfoni yuqoridagi shkala bo‘yicha sakkizinchi darajaga qadar chidamlidir.

Bundan tashqari, test smartfon ramkasidagi bo‘yoq sifatini ko‘rsatib berdi: unga o‘tkir pichoq yordamida ziyon keltirish mumkin.

iPhone 8 egiluvchanlik bo‘yicha sinovdan ham yaxshi o‘tdi. Bloger uni qo‘llari bilan zarar keltiradigan darajada buka olmadi. Taqqoslash uchun: iPhone 7 shunday sinovdan o‘ta olmagandi. 

Shuningdek, iPhone 8 zajigalka bilan sinovga ham bardosh berdi. Ekrandagi shisha 10 soniya davomida qizdirib turilganida unda qora dog‘ paydo bo‘ldi (biroq qurilma ishlashda davom etgan). Sovutilganidan so‘ng esa dog‘ butunlay yo‘qoldi.

Shu bilan birga, ZeroHedge nashrining ta'kidlashicha, iPhone 8 savdolarining ilk kunida Apple do‘konlarida umuman navbatlar bo‘lmagan.

 

Mavzuga oid