Tatariston prezidenti O‘zbekistonga keldi
Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov 23 sentabr kuni Samarqandga keldi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Turobjon Jo‘rayev kutib oldi.
Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov 24 sentabr kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishni, Samarqandning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari bilan tanishishni rejalashtirgan. U kunning ikkinchi yarmida Toshkentga keladi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan tatar millatiga mansub yurtdoshlarimiz bilan uchrashadi, Tatariston san'at ustalari ishtirokidagi konsert dasturini tomosha qiladi.
Tashrifning asosiy voqealari 25 sentabrga mo‘ljallangan. R.Minnixonov buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil O‘zbekiston asoschisi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yadi.
Shu kuni R.Minnixonov poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida tashkil etiladigan O‘zbekiston – Tatariston ishbilarmon doiralari vakillari qo‘shma biznes-forumida qatnashadi.
Tatariston Prezidenti turli vazirlik va idoralarida uchrashuvlar o‘tkazadi, Toshkentning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.
Mavzuga oid
19:09
5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildi
15:52
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
07:35
Beshta hududda 16 kg giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi
13:18 / 24.12.2024