Jamiyat | 12:25 / 26.09.2017
13546
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda “Kobalt” ishtirokida YTH yuz berdi, bir inson hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yil 23 sentabr kuni soat 18:30larda, “Bunyodkor” ko‘chasi RSEM binosi qarshisida, “Kobalt” rusumli avtoulov haydovchisi rul boshqaruvini yuqotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

YTH natijasida “Kobalt” avtoulov haydovchisi “chap tomon tos suyagi sinishi” tashxisi bilan RShTYoIMga yotqizilgan. Uning yo‘lovchilari 1950 yilda tug‘ilgan ayol kishi olgan tan jarohatlari natijasida RShTYoIMga olib kelingan vaqtida vafot etgan. 2006 yilda tug‘ilgan 5-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz bola “bosh miya ochiq jarohati” tashxisi bilan, 2009 yilda tug‘ilgan, 3-sinf o‘quvchisi bo‘lgan o‘g‘il bola esa “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan RNXIMga yotqizilgan. 

Foto: Toshkent shahar IIBB

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid