Qirg‘izistonning ilk prezidenti Asqar Akayevning Moskva metrosida ketayotgani surati paydo bo‘ldi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayevning Moskva metrosida ketayotgani suratga olindi.
Ko‘plab foydalanuvchilar suratda Akayev o‘ychan va horg‘in ko‘rinishda ekanligini aytishgan. Qolgan foydalanuvchilar esa Akayev hozir oddiy ko‘rinishda ekaniga e'tibor qaratishgan, go‘yoki bu sobiq prezident emas, oddiy fuqarodek. Akayev prezident bo‘lgan vaqtda u har doim qo‘riqchilar va avtomobillar korteji qurshovida yurgan. Aynan shu holat ko‘plab qirg‘izistonliklarda qandaydir norozilikni keltirib chiqaradi.
Akayevning shunga o‘xshash, biroq yosh qirg‘izistonliklar qurshovida tushgan surati joriy yilning iyunida chop etilgandi. O‘shanda Akayev Sankt-Peterburgga ketish perronida turgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Akayev Qirg‘izistonni 1990 yildan boshqarib kelgan. 2005 yilda davlat to‘ntaruvidan keyin u oilasi bilan Qirg‘izistonni tark etgan. O‘shandan beri Akayev o‘zining kasbiga qaytib, Moskvada fizika o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024