Jahon | 12:54 / 30.09.2017
10959
2 daqiqa o‘qiladi

Navalniyni qo‘yib yuborishdi

Foto: TASS

Siyosatchi Aleksey Navalniy politsiya bo‘limidan ozod qilindi. U bu yerda 29 sentabr kuni butun kunni o‘tkazdi. Bu haqda Navalniyning o‘zi tvitterda yozgan.

«Politsiyadan qo‘yib yuborishdi. Qo‘llab-quvvatlov uchun barchangizga rahmat. Mintaqaviy mitinglarni to‘xtatish rejasi ish bermaydi. Ertaga Orenburg, indinga – Arxangelsk», - deya yozgan Navalniy.

Uning matbuot kotibi Kira Yarmishning qo‘shimcha qilishicha, siyosatchiga qarshi ma'muriy ish bo‘yicha sud 2 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘shanda Navalniyning federal shtab boshlig‘i Leonid Volkovning ishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi, u Nijniy Novgorodda qo‘lga olingan.

29 sentabr kuni kechqurun Navalniy Nijniy Novgoroddagi mitingda ishtirok etishni rejalashtirgandi. Siyosatchi uyidan vokzalga borish uchun chiqayotgan paytida, taxminan ertalab soat 10larda politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Nijniy Novgorod hokimiyati avvaliga Navalniyning shtabiga maydoncha taklif qilgan, ammo keyinchalik buni bekor qildi. Politsiya ertalab sahnani buzib tashladi.

Navalniy va Volkovga qarshi ommaviy aksiyalar o‘tkazish tartibining takroriy buzilishi bo‘yicha bayonnoma tuzildi. Ular 150 dan 300 ming rublgacha jarimaga tortilishi yoki 30 kunlik qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.

Mavzuga oid