«Navbahor»ga kelganimdan buyon halol o‘ynaymiz», Ilhom Mo‘minjonov «Paxtakor»ga qarshi g‘alaba sirini aytdi
O‘zbekiston chempionatining 23-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Paxtakor» bahsidan so‘ng mezbonlar ustozi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklayman. G‘alabani muxlislarga bag‘ishlaymiz. Birinchi davrada ketma-ket duranglar bo‘ldi. O‘shanda bizni yolg‘izlatib qo‘yishmaganliklari uchun rahmat. Bundan keyin ham bu kabi g‘alabalarga erishib zafar quchishga harakat qilamiz.
Men Namangan kelganimdan beri halol o‘yin namoyish etmoqdamiz. Birinchi bo‘limda qo‘limizdan kelgan ishni qildik. Yordamchi murabbiy oldingi bahsni yaxshilab tahlil qildi va o‘z ko‘rsatmalarini aytdi. Bugungi g‘alabada uning xizmatlari katta bo‘ldi. Uchrashuvni to‘liq bir xil tempda yakunlash borasida tayyorgarlik olib bordik. Chunki oldingi bellashuvlarda 65-daqiqadan so‘ng o‘yinni tashlab yuborayotgandik.
Noyabrda hamma futbolchilarning shartnomasi yakunlanadi. Qolgan turlardan so‘ng futbolchilar bilan yangi shartnomalar borasida muzokaralar olib boramiz», - deya Mo‘minjonovning so‘zlarini keltiradi Sports.uz.
Mavzuga oid
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024
Shatskix «Paxtakor»dagi vazifasiga qaytgach, Tojiyev, Cheran, Sobirxo‘jayev qaydnomaga ham kiritilmadi
13:50 / 02.11.2024