Sport | 01:56 / 02.10.2017
7640
2 daqiqa o‘qiladi

A seriya. «Yuventus» nihoyat ochko yo‘qotdi

Foto: Twitter/Juventusfc

Italiya A seriyasining 7-turidan o‘rin olgan e'tiborga molik uchrashuvlardan biri Bergamoda bo‘lib o‘tdi. Unda «Atalanta» peshqadamlardan biri «Yuventus»ni qabul qildi.

Birinchi bo‘limning o‘rtalariga kelib ustunlikni qo‘lga olgan turinliklar uch daqiqa ichida ikkita gol kiritib, hisobda oldinga chiqib olishgandi. Biroq, oradan 7 daqiqa o‘tib Kaldara farqni qisqartirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Kristante tomonidan kiritilgan gol uchrashuvning durang bilan tugashiga sabab bo‘ldi.

Natijada A seriyada ilk marta ochko yo‘qotgan «Yuventus» ochkolari sonini 19taga yetkazib oldi va endilikda peshqadam «Napoli»dan ikki ochko ortda qolmoqda va «Inter» bilan bir xil ochko to‘plab 2-3 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. «Atalanta» esa 9 ochko bilan 11-pog‘onani band etgan.

Italiya A seriyasi
7-tur

Atalanta – Yuventus 2:2 (1:2)
Gollar: Kaldara (31), Kristante (67) – Bernardeski (21), Iguain (24).
Atalanta: Berisha, Kaldara, Palomino, Xatebur, Masello, Froyler, Spinatstsola, Kurtich (Petanya, 56), Kristante (de Ron, 88), Gomes, Kornelius (Ilichich, 32).
Yuventus: Buffon, Kellini, Benatiya, Lixtshtayner (Bardzali, 66), Asamoa, Bentankur, Matyuidi, Bernardeski (Kuadrado, 69), Mandjukich (Duglas Kosta, 78), Dibala, Iguain.
Ogohlantirishlar: Lixtshtayner (58), Gomes (64), Palomino (80), Petanya (82).

Mavzuga oid