Jahon | 15:31 / 02.10.2017
10135
1 daqiqa o‘qiladi

Las-Vegasdagi otishma vaqtida ikki politsiyachi halok bo‘lgan

Las-Vegasdagi otishma sodir bo‘lgan hududda bo‘lgan ikki politsiyachi ham halok bo‘lgan. Bu haqda shahar sherifi Jozef Lombardo ma'lum qildi.

«Qurbonlar orasida ikki politsiyachi ham bor. Ular bu hududda xizmat yuzasidan bo‘lishmagan», deya ma'lumot bergan Lombardo telekanal efirida.

Las-Vegasdagi kazino yaqinida o‘tkazilayotgan musiqa festivali ishtirokchilari o‘qqa tutilishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 100dan ortiq kishi jarohatlandi. O‘t ochgan shaxs politsiyachilar tomonidan yo‘q qilindi.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, noma'lum shaxs kazino maydoni yaqinida joylashgan 32 qavatli Mandalay Bay mehmonxonasi binosi balkonidan turib, avtomatdan pastdagilarni o‘qqa tutgan.

Mavzuga oid