Jamiyat | 13:50 / 02.10.2017
35640
2 daqiqa o‘qiladi

«Navbat hovuzda choy damlashga». Marg‘ilonlik oshpaz 2 ming litrlik sho‘rva qaynatdi

O‘z ustida ishlashdan to‘xtamayotgan marg‘ilonlik oshpaz Muhammadali Hayitboyev navbatdagi rekordni o‘rnatish uchun 2 ming litrlik sho‘rva tayyorlashga qaror qildi.

23 yoshli ushbu oshpaz maqsadiga yetishish uchun 300 kg go‘sht, 100 kg suyak, 50 kg mol yog‘i, 100 kg piyoz, 6 kg tuz, 16 kg qizil va ko‘k bolgar qalampiri, 10 kg pomidor, 500 gram sarimsoq piyoz, 400 gr zira, 500 gr qizartirgich, 300 gr kashnuch, 200 gr zirk, 200 gr murch hamda 2 ming litr suvdan foydalangan. 

«Rekord bahona Muhammadali Hayitboyev xalqimizning mehr oqibat, saxovatpeshalik urflarini ko‘z-ko‘z qilmoqda. Ana shunday orzu havaslar ushalanayotgan yurt fayzga to‘la, barakaga esa bisyor bo‘lib boraveradi», deya yozadi farg‘onalik muxbir Ahror Ziyo.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Muhammadali Hayitboyev 15 sentabr «Atlas bayrami» festivalida 2 tonnalik osh tayyorlagan edi.

Mavzuga oid