Jahon | 16:50 / 02.10.2017
32152
1 daqiqa o‘qiladi

Las-Vegas «mergani» shaxsiga aniqlik kiritildi

Foto: Reuters

Las-Vegas shahridagi musiqa festivali ishtirokchilarini 64 yoshli amerikalik Stiven Paddok o‘qqa tutgan. Bu haqda shahar politsiyasiga asoslangan holda ABC telekanali xabar tarqatdi.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Paddok Las-Vegas tumani hududida istiqomat qilgan. U politsiya ro‘yxatida turmagan.

Uni jinoyatga undagan sabablar ma'lum emas.

Bundan avvalroq politsiyachilar Las-Vegasdagi musiqa festivali ishtirokchilari «Mandalay Bey» mehmonxonasi balkonidan turib o‘qqa tutilgani haqida ma'lum qilgandi. Ko‘p o‘tmasdan politsiyachilar uni bartaraf etishdi. Keyinroq uning hamrohi bo‘lgani aniqlandi. Ayni vaqtda Meril Denli ism sharifli ayol qidirilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezlik oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 nafarni tashkil qilmoqda. 200dan ortiq kishi jarohatlangan.

Mavzuga oid