Jahon | 08:20 / 04.10.2017
18393
2 daqiqa o‘qiladi

NBC: Las-vegaslik mergan otishmani sodir etishdan oldin Filippinga katta miqdorda pul jo‘natgan

AQShning Las-Vegas shahrida musiqiy festival vaqtida otishma sodir etgan Stiven Peddok o‘tgan haftada Filippinda bo‘lgan ma'shuqasi 62 yoshli Merila Denlining u yerdagi hisob raqamiga 100 ming dollar o‘tkazib bergan. Denli otishma sodir bo‘lgan 1 oktabrda Filippinda bo‘lgan. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda NBC telekompaniyasi xabar berdi. 

Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Denli sayohat qilayotgan bo‘lgan, u 25 sentabrda Hongkongga, 1 oktabrda esa Filippinga jo‘nagan. 

CBS va boshqa OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Peddok hozirda Los-Anjyelesda yashayotgan sobiq rafiqasi bilan 27 yil avval 6 yillik birgalikdagi turmushdan keyin ajrashgan. Dastlab qotilning rafiqasi deb atalgan Denli qotil bilan nikoh rishtalari bilan bog‘lanmagan bo‘lgan. Ular Peddok tomondan 2015 yilda sotib olingan Meskitdagi uyda birga yashashgan.

Hukumat Denli bilan gaplashgach, uning jinoyatga aloqasi borligiga gumon qilmay qo‘ygan. Ma'lum qilinishicha, tergovda ayolga savollar bor va uning AQShga qaytishini kutmoqda. Taxmin qilinishicha, ayol AQShga 4 oktabrda qaytadi.    

Tergov hozircha qotilning jinoyatni sodir etishga undagan sabablarni o‘rnatmadi. Peddokning uyi va mehmonxonadagi raqami tintuv qilinganda 42 ta o‘qotar qurol, o‘qlar va portlovchi qurilma aniqlangan. Barcha qurol qonuniy ravishda sotib olingan. Qotilning yaqinlari va qo‘shnilari uni mo‘min, qonunga amr qiluvchi kishi sifatida ta'riflashgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, qotil avval hech qachon qonunni buzmagan. 

Mavzuga oid