Jahon | 11:45 / 04.10.2017
27738
2 daqiqa o‘qiladi

Stiven Peddok shaxsi haqida yangi ma'lumotlar berildi

Las-Vegasdagi musiqa festivali vaqtida ishtirokchilarni o‘qqa tutgan va 59 kishini o‘ldirib, 500dan ortiq kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan Stiven Peddok asosiy vaqtini kazinoda o‘tkazgan. U o‘zi bilan yashagan Meril Denlini hamisha odamlar oldida tahqirlagan. Bu haqda Los Angeles Times xabar tarqatdi.

Las-Vegasdan uzoqda bo‘lmagan Meskit shaharchasida yashagan Peddok shahardagi Virgin River kazinosining doimiy mijozlaridan bo‘lgan. Guvohlar u doimo Denlini xo‘rlab kelganini aytib berishgan.

Bir safar Denli undan xaridlarni to‘lashi uchun kartochkasini so‘ragan. Shunda Peddok unga balanddan turib qaragan va degan: "Senga kazino kartasi umuman kerak emas. Sen ichgan napitka va umuman sen uchun men to‘layman". Shundan so‘ng, Denli xonim indamaygina bosh eggan.

"U bizning ko‘z o‘ngimizda Denli xonimga juda qo‘pol muomalada bo‘lardi", deya eslaydi Starbucks kafesi xodimi Esperanza Mendoza.

Mendoza shuningdek, kafening boshqa xodimlari Peddokning suratini televizorda ko‘rsatishganida dahshatga tushishgani haqida hikoya qiladi. "Biz bu odamni deyarli har kuni ko‘rardik. U bunday qo‘rqinchli ishni sodir etganiga ishona olmadik", degan u.

Fojia ro‘y bergan kunda asli avstraliyalik Meril Denli Filippinda bo‘lgan. Peddok u bilan Meskitda ikki yildan buyon yashab kelayotgandi. 25 sentabr kuni sayohatga chiqib ketgan Meril Denli ayni vaqtda FQB tomonidan AQShga olib kelindi.

Mavzuga oid