Jahon | 07:48 / 05.10.2017
7520
2 daqiqa o‘qiladi

FQB Las-Vegasdagi otishmani terrorchilik bilan bog‘lamayapti

Foto: AP / John Locher

AQShning Federal qidiruvlar byurosi 58 kishining hayotini olib ketgan Las-Vegasdagi otishmani terrorchilik bilan bog‘lamayapti. Bu haqda FQB vakili jurnalistlarga ma'lum qildi.

"Biz ushbu ishni terrorchilik bilan bog‘lovchi hech qanday dalil topa olmadik, biroq biz oldindan hech narsani istisno qilmaymiz", deb aytgan FQB vakili.

2 oktabrga o‘tar kechasi las-vegaslik Stiven Peddok 58 kishini o‘ldirib, 500 dan ko‘proq kishiga jarohat yetkazgach, o‘zini otib tashlagan. Jinoyatchi mehmonxonaning 32-qavatidan turib kantri-musiqa konsertiga yig‘ilgan 12 minglik olomonga qarata avtomatik miltiqlardan o‘q uzgan. Mehmonxonada voqeadan keyin 23 ta stvol aniqlangan. Jinoyatchining uyi va mehmonxonadagi xonadan topilgan o‘qotar qurolning miqdori 47tani tashkil qilgan. Bu voqea AQSh tarixida o‘qotar qurol qo‘llangan holda sodir etilgan, eng ko‘p qurbonga olib kelgan qotillik bo‘ldi.  

Mavzuga oid