Turkiya Iroq Kurdistonini referendum natijalarini bekor qilishga chaqirdi
Anqara Iroqning kurd avtonomiyasi rahbariyatini mustaqillikka doir referendum natijalarining bekor qilingani to‘g‘risida e'lon qilishga chaqirdi.
"Iroqning kurd avtonomiyasi rahbariyati referendum natijalarini bekor qilish va uning noqonuniyligini tan olishga chaqirdi. Erbilda shuningdek hududiy yaxlitlikning daxlsizligi, siyosiy birligi va Iroq suvereniteti haqida ham e'lon qilinishi kerak", - deya Bo‘zdog‘ning so‘zlarini yetkazadi Anadolu agentligi.
Iroq Kurdistoni hukumati ziddiyatlarni bartaraf etish uchun Iroq markaziy hukumati bilan hech qanday dastlabki shartlarsiz muzokaralarni boshlashi kerak, deya ta'kidladi bosh vazir o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, Erbil referendum mintaqa darajasida hech qanday o‘zgarishlarga olib kelmagani to‘g‘risida e'lon qilishi kerak.
"Agar mintaqa hukumati shunday qadam tashlashsa, xatolarni tuzatish mumkin bo‘ladi, aks holda, mintaqadagi vaziyat yanada yomonlashadi", - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Bo‘zdog‘ Anqara Iroqdagi voqealarni o‘z milliy xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf sifatida qabul qilishini ta'kidladi.
25 sentabr kuni Iroq Kurdistonida mustaqillikka doir referendum bo‘lib o‘tdi. Oliy mustaqil komissiyaning Kurdiston mustaqilligi saylovlari va referendumi bo‘yicha ma'lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 92,7 foizi mustaqillik uchun ovoz bergan.
Iroq hukumati referendumni noqonuniyligini ta'kidlab, avtonomiyaning mintaqaviy hukumati bilan muzokaralar o‘tkazmasligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024