O‘zbekiston | 18:30 / 05.10.2017
17290
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 10dan ortiq hujjat imzolandi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Ko‘ksaroyda kengaytirilgan tarkibdagi O‘zbekiston – Qirg‘iziston muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning tor doiradagi muzokaralari yakunidan keyin ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom etdi. 

O‘zA xabariga ko‘ra, muzokarada O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik, do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risida deklaratsiyani imzolashdi. 

O‘zA xabarida qayd etilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga doir 10 dan ortiq hujjat imzolandi. 

Mavzuga oid