Apple asoschilaridan biri “mashinalar urushi” boshlanishidan qo‘rqmasligini ma'lum qildi
Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyakning fikricha, odamlar uchun sun'iy idrokning xavfi hali ancha uzoqdadir.
Voznyak sun'iy idrok naqadar xavfli ekani borasidagi o‘z fikri o‘zgarganini aytib o‘tdi.
"Men bu fikrga qo‘shilgandim hamda ko‘p yillar davomida – Ilon Mask va Stiven Xokingning bayonotlaridan ikki yil avval gapirgandim. Biroq, men o‘z fikrimni o‘zgartirdim. Menda bu xavf uzoq kelajakda bo‘lishi mumkinligiga tegishli mantiqiy sabablar bor. U haqiqatga aylanishi uchun o‘nlab, yuzlab yillar o‘tishi kerak. Balki, u hech qachon bunday bo‘lmas", - deya ma'lum qildi u "Vedomosti" gazetasiga bergan intervyusida.
Voznyakning ta'kidlashicha, xavf haqida ma'lum qilishayotganda, darhol nimadir qilish lozimligini nazarda tutishadi, biroq sun'iy idrok inson aqli darajasidan hali ancha orqada.
"Ular insonlar bergan ma'lum bir qoidalar turkumi bilan nimanidir tezroq qilishi, masalan, o‘yinni tezroq o‘ynashlari mumkin. Ular inson o‘ylab topayotgan vazifalarni hal qilishmoqda. Biroq, sun'iy idrok o‘zi mustaqil ravishda qandaydir muammoga yechim topishi mumkinligiga oid savol bilan chiqishdan hali ancha uzoqda. Mashina: insonlar bizga xalaqit berishmoqda, ularsiz hammasi yaxshi bo‘lar edi, deyishi uchun sharoit hozircha yo‘q", - deya aniqlik kiritdi Voznyak.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, olimlar va tadqiqotchilar inson miyasi qanday ishlashini haligacha aniqlay olishmadi. Inson o‘yinlar o‘ynashi va yosh bola kabi nimanidir noldan o‘rganishi mumkin bo‘lgan mashinani yaratishi mumkin. Biroq hozircha fikrlash imkoniyatiga ega mashinalar yo‘q. Hozirgi barcha texnologiyalar va sun'iy idrok ayni damda insonga bo‘ysunmoqda, deya qayd etib o‘tdi Voznyak.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
00:31 / 18.12.2024
Kongo Appleʼni noqonuniy qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda aybladi
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
19:56 / 13.12.2024