O‘zbekistonda aholini uzluksiz elektr bilan ta'minlash loyihasi ishlab chiqildi
O‘zbekiston Prezidenti 2017 yilning 16 sentabridagi qaroriga muvofiq 292,15 million dollarlik qiymatga ega "Magistral tarmoqlar stansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish" investitsion loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqladi, deya ma'lum qiladi Nuz.uz nashri. Loyiha 2017-2022 yillarda amalga oshiriladi.
Investitsion loyihaning moliyaviy manbalari sifatida quyidagilar belgilab berildi:
- "O‘zbekenergo" AJning 75,35 million dollar qiymatidagi o‘z mablag‘lari;
- Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB)ning 25 yillik muddatga beriluvchi 92 million dollarga teng zayomi;
- Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA)ning 25 yil muddatga beriluvchi 58 million dollarlik krediti.
O‘zbekistonning soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishidagi hissasi 66,8 million dollarni tashkil qiladi.
"O‘zbekenergo" aksiyadorlik kompaniyasi XTTB va XTA kreditidan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek investitsiya loyihasini o‘z vaqtida amalga oshirish uchun mas'ul ijro organi etib tayinlanadi.
Jahon banki ekspertlari ma'lumotlariga ko‘ra, amalga oshirilayotgan loyiha energetika sektori samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bunga Toshkent shahridagi 22 va viloyatlardagi 10 ustuvor podstansiyani rekonstruksiya qilish orqali erishiladi. Loyiha doirasida asosiy elektr uzatish liniyalarida uzilishlarni tezkor bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan 110 kilovolt/o‘rtacha kuchlanishdagi mobil podstansiyalar va favqulodda tiklanish tizimlari xaridi ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur yangi texnologiya milliy energotizimning barqarorligini oshirish imkonini beradi. Loyiha samaradorlikni oshirish va energouzilishlarni qisqartirish orqali O‘zbekistondagi 6 milliondan ziyod oilaning yillik energiya iste'moliga teng miqdorda issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirishga yordam beradi.
Loyihaning amalga oshirilishi magistral elektr tarmoqlari faoliyatining ishonchliligini oshiradi, iqtisodiyot sohalari iste'molchilari va aholini uzluksiz elektr ta'minoti bilan ta'minlaydi, uskunalarning kapital ta'mirlovi xarajatlarini kamaytiradi.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
23:12 / 12.12.2024
Samarqandda 5,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
18:33 / 03.12.2024
Toshkentda 4 dekabr kuni elektr ta’minotidan uziladigan hududlar ma’lum qilindi
19:04 / 02.12.2024