Kyodo: Yaponiya hukmron partiyasining 40 foiz nomzodi KXDRga zarba berish tarafdori
Yaponiyaning Liberal-demokratik partiyasining qariyb 40 foizi 22 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament quyi palatasi saylovida AQShning KXDRga qarshi harbiy aksiyasini qo‘llab-quvvatlamoqchi. Kyodo agentligi tomonidan o‘tkazilgan va 9 oktabr kuni e'lon qilingan so‘rov natijasi shundan dalolat bermoqda. So‘rov parlament a'zoligiga da'vogarlar o‘rtasida o‘tkazilgan.
Ammo, harbiy amaliyot tarafdorlarining uqdirishicha, ular Pxenyan raketa-yadro dasturi bilan bog‘liq muammoni tinch yo‘l bilan hal etish imkoni bo‘lmasa, uni harbiy yo‘l bilan hal etishni yoqlashadi. Shu bilan birga, muxolifatdagi Umid partiyasining 20 foiz nomzodi kuch ishlatishni qo‘llab-quvvatlamoqda. So‘l-liberal kayfiyatdagi Konstitutsiyaviy demokratik partiyasi tarafdorlari harbiy zarba berishni butunlay inkor etmoqda.
Yomiuri gazetasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, liberal-demokratlarni saylovchilarning 32 foizi qo‘llab-quvvatlashga tayyorliklarini bildirgan. Umid partiyasi nomzodlariga 13 foiz saylovchi ovoz berishi ehtimol. So‘l liberallarni so‘ralganlarning 7 foizi qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 27 foiz saylovchi yakuniy to‘xtamga kelmagan.
Mavzuga oid
12:13
“O‘zbekistondagi nosvoylardan 10 xil zaharli modda aniqladik” - Yaponiyadagi o‘zbek olimi yangi tadqiqoti haqida
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
18:22 / 22.12.2024