Jahon | 09:38 / 09.10.2017
24411
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiya mudofaa vazirligidagi rekord pora ishida yana bir kishi paydo bo‘ldi

Foto: Aleksandr Podgorchuk / Kommersant'

Rossiya mudofaa vazirligi tarixidagi rekord pora berish-olish bilan bog‘liq jinoiy ishda uchinchi gumonlanuvchi paydo bo‘ldi. Bu haqda «Kommersant'» gazetasi manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
 
368 mln rubl miqdoridagi pora bilan bog‘liq ishda harbiy ma'muriyatning davlat buyurtmasini ta'minlash bo‘yicha departamenti bo‘limining boshlig‘i Aleksey Grinyuk bo‘ldi. Shu bilan mazkur jinoiy ish bo‘yicha 3 kishi javob bermoqda. 

Bundan avvalroq, polkovnik Aleksandr Vakulin va uning bevosita rahbari, Mudofaa vazirligi oziq-ovqat boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Aleksandr Berejnoy hibsga olingan edi. 

Gazeta manbasining so‘zlariga ko‘ra, hibsdan so‘ng Grinyuk aybiga iqror bo‘lgan va Tergov qo‘mitasining Bosh harbiy tergov boshqarmasi bilan hamkorlik qilishni boshlagan. Shunga qaramay, nashrning yozishicha, unga «hech qanday yumshatish» taqdim etilmaydi. Shu munosabat bilan Grinyuk advokatlari tergovchi va sudlarning qator qarorlariga noroziliklarini bildirishgan.
 
Rossiya mudofaa vazirligi tarixidagi eng yirik pora bilan bog‘liq jinoiy ishga ko‘ra, vazirlikning oziq-ovqat boshqarmasi texnik ta'minlash bo‘limi boshlig‘i polkovnik Aleksandr Vakulin bu pul evaziga oshxona jihozlari va non pishiruvchi uskunalar xarid qilishga ruxsat bergan. Shu bilan byudjyet mablag‘larini o‘zlashtirgan.

Mavzuga oid