AQSh bombardimonchilari Shimoliy Koreyaga zarba berishni mashq qildi
Koreya yarimorolida AQSh harbiy-havo kuchlarining ikkita B-1B strategik bombardimonchi samolyoti Shimoliy Koreyadagi nishonlarga raketa zarbalari berishni mashq qildi. Bu haqda Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi xabarida aytilgan, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, samolyotlar Tinch okeanining Guam orolidagi Andersen aviabazasidan havoga ko‘tarilib, Janubiy Koreya sohillariga Yapon dengizi tomondan yaqinlashib, Shimoliy Koreya sharqidagi nishonlarga qanotli raketalar bilan zarba berishni imitatsiya qilgan.
Parvoz vaqtida bombardimonchilarga Yaponiya va Janubiy Koreyaning F-15 qiruvchi samolyotlari hamrohlik qilgan.
Pentagonda ta'kidlanishicha, AQSh shu tariqa istalgan xavfni bartaraf etish bo‘yicha ko‘plab variantlarga egaligini eslatib qo‘ygan. Shimoliy Koreya bunga javoban keskin choralar ko‘rish bilan tahdid qilgan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024