Fan-texnika | 09:52 / 12.10.2017
7099
1 daqiqa o‘qiladi

Apple ID’dan parollarni o‘g‘irlashga imkon beruvchi nuqson aniqlandi

Dasturchi Feliks Krauz o‘z blogida iOS operatsion tizimida ishlovchi istalgan qurilmadan AppStore’ga kirish ma'lumotlarini o‘g‘irlashga imkon beruvchi nuqson haqida ma'lum qildi.

iOS qurilmasi bilan ishlash vaqtida operatsion tizim vaqti-vaqti bilan AppStore’dagi akkaunt parolini kiritishni so‘raydi. Bu fon rejimida ishlovchi ba'zi dasturlar sababli suzib chiquvchi oyna ko‘rinishida yuz beradi. 

Dasturchi bunday so‘rovni istalgan dastur amalga oshirishi mumkinligini aniqladi. So‘rov esa dastur kodida 30 dan ko‘p bo‘lmagan qatorni egallaydi va AppStore filtrlaridan oson o‘tadi. Tizim va yot dasturning so‘rovini deyarli farqlab bo‘lmaydi. 

Mavzuga oid