O‘n birinchisi: Putin Pskov gubernatorini ham iste'foga chiqardi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Pskov oblasti gubernatori Andrey Turchakni ham iste'foga chiqardi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.
Turchak 25 sentabrdan boshlab iste'foga chiqarilgan o‘n birinchi hudud rahbari bo‘ldi. U ham oldingi gubernatorlar singari o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan. Prezident hududga vaqtinchalik rahbarli vazifasini bajarish uchun Mixail Vedernikovni tayinladi.
Ushbu tayinlovgacha Vedernikov shimoliy-g‘arbiy federal okrugdagi prezident vakilining o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Vlaimir Putin so‘nggi o‘n besh kun ichida 9 nafar gubernatorni ishdan bo‘shatgani, keyinroq Ivanovo gubernatori ham ishdan olingani haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
14:14 / 23.12.2024
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43 / 23.12.2024
Tramp Putin u bilan Ukraina masalasida uchrashmoqchi ekanini ma’lum qildi
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
07:55 / 20.12.2024