Jahon | 22:30 / 14.10.2017
7207
1 daqiqa o‘qiladi

Toyota poygachisi mashg‘ulot oldidan rul oldida uxlab qoldi

Shveytsariyalik poygachi Sebastyan Buemi mashinasi boksda turgan vaqtda uning ruli oldida uxlab qoldi. U Yaponiyada o‘tayotgan bardoshlik poygalari chempionati oldidan mashg‘ulot o‘tkazishi kerak edi. 

Ta'kidlanishicha, poygachi trassaga chiqishini kuta-kuta oxiri uxlab qolgan.

Poygachining jamoasi u bilan ratsiya orqali ulana olmagan. "Uyquchi" poygachi uning mashinasi korpusiga taqillatishgandan keyingina uyg‘ongan. Poyga tashkilotchilarining ta'kidlashlaricha, poygachi samolyotda uzoq davom etgan parvoz sababli ancha toliqib qolgani sabab uxlab qolgan.

 

 

Mavzuga oid