Tojikiston Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlarini kuzatish uchun vakillarni yubordi
Tojikiston vakillari 15 oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Qirg‘iziston prezidentligi saylovini kuzatib borishadi.
Tojikiston Respublikasi Saylov va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasining ikki a'zosi - Nurali Shamsov hamda Mahmadyor Rajabov Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovini ovozlarni hisoblash jarayoniga qadar kuzatib boradi, deya xabar berdi «AP» Tojikiston MSKga asosan. Bugun ular Bishkekka jo‘nab ketishgan.
Shu bilan birga, Qozog‘iston MSK 2017 yilning 15 oktabrida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini mustaqil kuzatuv tashkiloti sifatida monitoring qilishda qatnashmaslikka qaror qildi. Shunga qaramay, xalqaro majburiyatlar doirasida Qozog‘iston vakillari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
«Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev tomonidan ilgari ko‘rilmagan mislsiz bayonotlarni hisobga olgan holda, Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi 2017 yil 15 oktabr kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi monitoringida mustaqil kuzatuv tashkiloti sifatida ishtirok etmaslikka qaror qildi», - deyiladi idoraning juma kuni tarqatilgan xabarida.
Shu bilan birga, xalqaro majburiyatlar doirasida Qozog‘iston vakillari xalqaro missiyalar tarkibida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga kuzatuvchi sifatida yo‘l oladi.
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu lavozimni egallash uchun jami 11 nafar nomzod kurash olib boradi.
Mamlakatning amaldagi rahbari Almazbek Atamboyevning prezidentlik muddati joriy yilning 1 dekabr kuni tugaydi va Konstitutsiyaga ko‘ra, u prezidentlikka yana o‘z nomzodini qo‘ya olmaydi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024