Qirg‘iziston xavfsizlik xizmati Omurbek Babanovdan izoh so‘ramoqda
Qirg‘iziston Davlat xavfsizlik xizmati vakili mamlakat prezidentligiga asosiy nomzod sifatida ko‘rsatilgan Omurbek Babanovdan «uning ayblovlari nima asosida yangraganini e'lon qilishi»ni so‘radi. Bu haqda Interfaks nashri xabar beradi.
«DXX xodimlarini provakatsiya harakatlarini amalga oshirishga urinishda ayblash har tomonlama asoslantirilishi va keng jamoatchilikka taqdim etilishi shart. Aks holda, Omurbek Babanov saylovning oddiy qoidalarini buzib, jamoatchilikni o‘z fikridan chalg‘itmoqda, deb hisoblash mumkin», deydi nashr muxbiri bilan suhbatlashgan Davlat xavfsizlik xizmati xodimi.
Ma'lumot uchun, «Respublika-Ata jurt» partiyasidan nomzod sifatida ko‘rsatilgan Omurbek Babanov saylov boshlanishi bilan mamlakat janubida huquq-tartibot organi xodimlari, jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati vakillari jarayonga noqonuniy aralashayotganini iddao qilgan. Uning aytishicha, gap aynan qanday qonun buzilishi haqida ketayotganini u gapirib o‘tirmaydi, barchasi saylov natijasiga bog‘liq.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024