Qirg‘izistonda saylov: 3 asosiy nomzod bor
Bugun, 15 oktabr kuni soat 8:00da Qirg‘izistonda prezidentlik saylovini o‘tkazish uchun tayyorlangan barcha saylov uchastkalari ishga tushdi. Qayd etilgan nomzodlar 11 nafar, ular orasidan faqat Omurbek Babanov, Sooronbay Jyeenbekov hamda Temir Sariyevni mamlakat rahbarligiga asosiy nomzod, deb ishonch bilan aytish mumkin.
Saylovchilar nomzodlardan biriga yoki hammasiga qarshi ovoz berish huquqiga ega. Markaziy saylov komissiyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 3 million 25 ming 902 kishi ovoz berish huquqiga ega fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Ayni paytda Bishkekdagi ayrim saylov uchastkalariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda. "Qonun bo‘yicha bu harakat saylov jarayoniga xalaqit qilmasa, uning shaffof o‘tishi va saylov siriga raxna solmasa, kuzatuv kamerasini o‘rnatish taqiqlanmaydi”, deydi shahar saylov komissiyasi vakili Qayrat Mamtov.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024