Qozog‘iston qirg‘iz mahsulotlari importiga taqiq qo‘ydi
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi o‘tkazilishi bilan qo‘shni mamlakat Qozog‘iston Respublikasi qirg‘iz tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqariladigan bir necha turdagi sut mahsulotlari importiga taqiq qo‘ydi. Qozog‘iston Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi e'lon qilgan xabarga ko‘ra, qirg‘izlarning 5ta firmasida ishlab chiqarilgan sut mahsulotlarini import qilish noma'lum muddatgacha to‘xtatib qo‘yiladi.
Xabarda aytilishicha, importga taqiq qo‘yilishiga «veterinar nazorat kuchaytirilgani» sabab bo‘lgan. Bundan avval, inspeksiya xizmati mahsulotlar iste'molga yaroqsizligini aniqlangan bo‘lib, qarorda nomi zikr etilmagan firmalar tez orada ommaga oshkor qilinadi.
Bunga javoban Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev «agar vaziyat shunday davom etaversa, YeOIH a'zo davlat rahbarlarining navbatdan tashqari sammitini o‘tkazishini, ushbu masalani keng doirada ko‘rib chiqishini» ta'kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, qirg‘iz-qozoq chegarasida yuzaga kelayotgan ziddiyatlar diplomatik munosabatlarning sovuqlashib qolgani bilan boshlandi. Buning ustiga, Qozog‘iston «madadiga ega» ekanligida ayblangan Babanovning prezidentlik saylovida yutqazgani ham jarayonni murakkablashtirmoqda.
Mavzuga oid
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:32 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istondagi halokatida 38 kishi vafot etdi
08:48 / 25.12.2024
11 oyda 215 mln dollarlik elektromobil import qilindi
23:10 / 23.12.2024