Jahon | 10:45 / 16.10.2017
16226
2 daqiqa o‘qiladi

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov: Qirg‘iziston tajribasi biz uchun foydali

Foto: AKIpress

Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovi yuqori darajadagi xalqaro standartlarga javob beradi. Darhaqiqat, ochiq va oshkora saylovlar bo‘lib o‘tdi, dedi MDH missiyasining O‘zbekistondan kuzatuvchisi, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov.

«Biz ko‘plab saylovlarda, jumladan, Yevropa mamlakatlarida bo‘layapmiz. Shuni aytishimiz mumkinki, bo‘lib o‘tgan saylovlar xalqaro standartlarga muvofiq, yuqori darajada o‘tkazildi. Haqiqatan ham, ochiq va oshkora saylovlar bo‘ldi. Kecha biz qanday baho berish bo‘yicha aniq xulosaga keldik. Baholash juda yuqori ekanligi haqida bir fikrdamiz», - dedi u.

«Qirg‘iziston tajribasi biz uchun foydalidir. O‘zbekiston bu yo‘nalishda - saylovlarda texnikadan foydalanish bo‘yicha ketmoqda. Saylovlar, saylov kodeksi to‘g‘risida yangi qonunlar tayyorlanmoqda va tabiiyki, texnik vositalarni qo‘llash jarayoni davom etmoqda. Umid qilamizki, yaqin kelajakda biz ushbu masalani o‘rganib chiqamiz va bizda ushbu vositalardan foydalaniladi», - deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid