Jahon | 22:58 / 16.10.2017
7700
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya o‘z havo hududini Iroq Kurdistoni uchun yopdi

Foto: RIA Novosti / Anton Denisov

Turkiya hukumati mamlakat havo hududini Iroqning Kurdiston muxtoriyati uchun yopishga qaror qildi. Bu haqda 16 oktabrda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bozdag ma'lum qildi.

Avvalroq Turkiya milliy xavfsizlik kengashi Kurdiston uchun havo hududini yopishni tavsiya qilgandi.

"Hukumat Turkiya havo hududini Shimoliy Iroq uchun yopishga qaror qildi", deb aytgan Bozdag jurnalistlarga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya-Iroq chegarasidagi "Ibrohim Xalil" nazorat-o‘tkazish punktini Iroq hukumati nazoratiga berishni boshlashga qaror qilingan.

16 oktabrga o‘tar kechasi Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Kurdiston bilan bahs olib boriladigan Kirkuk viloyatida xavfsizlikni tiklash bo‘yicha operatsiyani boshlashga buyruq bergan. Buyruqqa ko‘ra, Kirkuk tomon Iroq qo‘shinlari yo‘l olgan.  

Mavzuga oid