O‘zbekiston | 19:30 / 17.10.2017
30757
1 daqiqa o‘qiladi

Dilshod Kenjayev Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Dilshod Kenjayev prezidentning 17 oktabr kungi qarori bilan Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda vazirlikdagi manba «Kun.uz»ga ma'lumot berdi.

«Dilshod Mutalibovich Kenjayev O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin», deyilgan qarorda.

Eslatib o‘tamiz, Dilshod Kenjayev joriy yilning 3 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

Mavzuga oid