Sport | 11:10 / 17.10.2017
7186
9 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus»ning qoqilishi, yengilmas «Napoli» va Ikardining Milandagi tantanasi

A Seriyaning 8-turi bizga bir qancha qiziqarli o‘yinlarni taqdim qildi. Turinda «Yuventus» «Latsio» bilan bellashdi. «Napoli» Rimga, «Roma» maydoniga safar qildi. Milanda «Inter» va «Milan» «Della Madonina» derbisini o‘tkazishdi.

Biroq, ularning orasida eng markaziysi, shubhasiz, Turindagi o‘yin bo‘ldi.

Tur o‘yini. «Yuventus»ning mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyati

Italiya chempionatining 8-turi kutilmagan natija bilan boshlandi.

«Yuventus» o‘z maydonida «Latsio»ni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazdi. Bu amaldagi chempionning nafaqat joriy mavsumdagi, balki so‘nggi ikki yilda o‘z maydonida o‘tkazgan o‘yinlardagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi (41 uchrashuvdan iborat seriya yakunlandi).

Avgust oyida o‘tkazilgan bu jamoalarning Italiya Superkubogi o‘yinida ham rimliklarning qo‘li baland kelgan edi. Shu tufayli, «Yuventus» o‘z maydonida g‘alaba qozonib, mag‘lubiyat uchun qisman qasos olishni maqsad qilgandi.

Birinchi bo‘limda turinliklarning tashabbusi sezilarli bo‘ldi. 24-daqiqada Duglas Kosta darvozabon qaytargan to‘pga hammadan burun yetib kelib, uni to‘rga joylashga erishdi. Ikkinchi bo‘limda ham «Yuventus» tashabbusni qo‘ldan boy bermadi, ammo qarshi hujumlarda pand yedi. 47-daqiqada Luis Albertoning uzatmasidan so‘ng, Chiro Immobile Buffon bilan yuzma-yuz chiqib, uni dog‘da qoldirdi. 54-daqiqada shunga o‘xshash vaziyatda, Buffon Immobileni chalib yiqitdi. Jabrlanuvchining o‘zi penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

So‘nggi soniyalar esa dramatik tarzda kechdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Paulo Dibala hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Ammo uning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Bu hali hammasi emasdi. Eng so‘nggi daqiqada «Latsio» himoyachisi raqib hujumchisini o‘z jarima maydonida chalib yiqitdi. Ammo hakam buni payqamay qoldi. «Yuventus» futbolchilari bosh hakamdan takroriy lavhani tomosha qilishni talab etishdi. U esa penalti yaqqol bo‘lganini ko‘rsatib berdi.

Lekin, Paulo Dibalaga bu o‘yin qahramoni bo‘lish nasib qilmadi. Darvozabon Strakosha uning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Italiya chempionati, 8-tur

Yuventus – Latsio 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 23 Duglas Kosta, 1:1 – 47 Immobile, 1:2 – 54, penalti Immobile.
Amalga oshirilmagan penalti: Dibala (90+8)
Yuventus – Buffon, Kellini, Bardzali, Lixtshtayner (Sturaro, 73), Duglas Kosta (Bernardeski, 54), Asamoa, Bentankur, Matyuidi, Xedira (Dibala, 65), Mandjukich, Iguain.
Latsio – Strakosha, de Vrey, Radu, Marushich, Bashtush, Milinkovich-Savich, Lulich (Gabarron, 84), Luis Alberto (Nani, 72), Parolo, Leyva, Immobile (Kaysedo, 76).
Ogohlantirishlar: Buffon (52), Sturaro (90), Gabarron (90).


Yengilmas «Napoli»

Chempionat peshqadami «Napoli» Rimga safar qilib, «Roma» bilan bellashdi.

Dastlabki 7 o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan «Napoli» bu safar ham ochko yo‘qotmadi. Birinchi bo‘lim neapolliklarning tashabbusi ostida o‘tdi. 20-daqiqada ular bu ustunlikni golga aylantira olishdi. G‘ulom chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Mertens uni zudlik bilan Insinega uzatdi. Lorentso esa yaqin masofadan kuchli zarba yo‘llab, to‘pni darvozaning yaqin burchagiga yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limda «Roma» o‘yinni tenglashtira oldi. Ammo, «Napoli» hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi. 55-daqiqada Dris Mertens uzoq masofadan darvozaning yuqori o‘ng burchagini aniq nishonga oldi, ammo to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.

Bo‘limning ikkinchi qismi «Roma»ning tashabbusi ostida o‘tdi. Biroq, mezbonlar faqat standart vaziyatlarda gol urish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 68-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘pni Fasio boshi bilan darvozaga yo‘llaganida, Reyna katta mahorat evaziga uni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 84-daqiqada, xuddi shunday vaziyatda Jyeko darvozaga yo‘llagan to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.

Bu g‘alabadan so‘ng, «Napoli» A Seriyada va Yevropa top-chempionatlarida ochko yo‘qotmagan yagona klub bo‘lib qoldi.

Roma - Napoli - 0:1 (0:1)
Gol: Insine, 20 (0:1).
Roma – Alisson, Bruno Peres, Manolas (Fasio, 59), Jyezus, Kolarov, de Rossi, Pellegrini (Jyerson, 78), Florentsi (Under, 71), Nainggolan, Perotti, Jyeko.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, G‘ulom, Allan, Jorjino (Diavara, 73), Hamshik (Zelinski, 71), Kalexon (Rog, 82), Mertens, Insine.
Ogohlantirishlar: Jorjino (43), de Rossi (53), Fasio (79), G‘ulom (90).

Milan derbisida tantana qilgan Ikardi

«Inter» Italiya chempionatining 8-turi doirasidagi uchrashuvda «Milan»ni qabul qildi. «San-Siro» stadionida kechgan bahs nominal mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bu bellashuv chiptalar savdosidan tushgan daromad bo‘yicha Italiya rekordini yangiladi. Jamoalar umumiy hisobda 4,8 mln yevro ishlab oldi.

G‘olib jamoa safida hujumchi Mauro Ikardi het-trik qayd etdi. Shu bilan birga, u o‘zining uchinchi va bellashuvdagi hal qiluvchi golni 90-daqiqada penaltidan kiritdi. «Milan» tarkibida esa forvard Suso o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Yana bir golni darvozabon Handanovich o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Shu tariqa, neradzurrilar Italiya chempionatining sakkiz o‘yinida yettinchi g‘alabani qo‘lga kiritishdi, «Milan» esa ketma-ket uchinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.

Inter – Milan 3:2 (1:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 28 Ikardi, 1:1 – 56 Suso, 2:1 – 63 Ikardi, 2:2 – 81 Handanovich (avtogol), 3:2 – 90, penalti Ikardi.
Inter – Handanovich, D`Ambrozio, Shkrinyar, Miranda, Nagatomo, Vesino, Galyardini, Kandreva (Joau Kanselu, 73), Valero (Eder, 85), Perishich, Ikardi (Santon, 90).
Milan – Donnarumma, Musakko, Bonuchchi, Romanoli (Lokatelli, 78), Borini, Kessie (Kutrone, 46), Bigliya, Bonaventura, Rodriges, Suso, Andre Silva.
Ogohlantirishlar: Miranda (15), Romanoli (22), Vesino (25), Galyardini (66), Perishich (79), Rodriges (89), Ikardi (90), Eder (90).

8-turning barcha o‘yinlari
14 oktabr

YuVeNTUS - LATsIO - 1:2 (1:0)
Gollar: Duglas Kosta, 24 (1:0). Immobile, 47 (1:1). Immobile, 54 - s penalti (1:2).

ROMA - NAPOLI - 0:1 (0:1)
Gol: Insine, 20 (0:1).

15 oktabr

FIOReNTINA - UDINeZe - 2:1 (1:0)
Gollar: Tero, 28 (1:0). Tero, 57 (2:0). Samir, 72 (2:1).

SASSUOLO - KeVO - 0:0

SAMPDORIYa - ATALANTA - 3:1 (0:1)
Gollar: Kristante, 21 (0:1). Sapata, 56 (1:1). Kaprari, 59 (2:1). Linetti, 68 (3:1).

KROTONe - TORINO - 2:2 (1:0)
Gollar: Roden, 25 (1:0). Yago, 54 (1:1). Martella, 64 (2:1). De Silvestri, 90+2 (2:2).

KALYaRI - JYeNOA - 2:3 (0:2)
Gollar: Galabinov, 8 (0:1). Taarabt, 35 (0:2). Pavoletti, 48 (1:2). Rigoni, 75 (1:3). Joao Pedro, 78 penalti (2:3).

BOLONYa - SPAL - 2:1 (1:0)
Gollar: Poli, 30 (1:0). Salyamon, 49 avtogol (2:0). Antenuchchi, 88 (2:1).

INTeR - MILAN - 3:2 (1:0)
Gollar: Ikardi, 28 (1:0). Suso, 56 (1:1). Ikardi, 63 (2:1). Handanovich, 81 - avtogol (2:2). Ikardi, 90 - s penalti (3:2).

16 oktabr

VeRONA - BeNeVeNTO - 1:0 (0:0)
Gol: Romulo 74.

Tur qahramoni: Mauro Ikardi

«Inter»ning argentinalik hujumchisi nafaqat Milan derbisi, balki 8-turning bosh qahramoni bo‘ldi. Futbolchi «Milan»ga qarshi o‘yinda raqib davrozasini uch marta ishg‘ol qilib, jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasiga samloqli hissa qo‘shdi.

Tur omadsizi: Paulo Dibala

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala «Latsio»ga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolishi mumkin edi. Dastlab, uning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. So‘ngra 11 metrlik nuqtadan adashdi.

Tur ramziy terma jamoasi:


Turnir jadvali:


A Seriya to‘purarlari:

10 - Chiro Immobile (Latsio, 4 pen)
9 - Paulo Dibala (Yuventus, 1), Mauro Ikardi (Inter, 4)
7 - Dris Mertens (Napoli, 3), Edin Jyeko (Roma),
5 - Siril Tero (Fiorentina, 2),
4 - Xose Kalexon (Napoli), Fabio Kvalyarella (Sampdoriya, 1),

9-tur.

21 oktabr

Sampdoriya - Krotone
Napoli - Inter

22 Oktyabr

Kevo - Verona
Torino - Roma
SPAL - Sassuolo
Milan - Jyenoa
Benevento - Fiorentina
Atalanta - Bolonya
Udineze - Yuventus
Latsio - Kalyari

Mavzuga oid