Fan-texnika | 20:48 / 17.10.2017
9390
2 daqiqa o‘qiladi

Jyek Ma: Robotlar odamlar o‘rnini bosa olmaydi

Foto: news.day.az

Robotlar va yuqori texnologiyalar ularning taraqqiyotiga qaramasdan, odamlar o‘rnini bosa olmaydi, chunki odamlarda o‘zaro munosabatlar va qadriyatlar mavjud. Bu haqda Alibaba Group asoschisi Jyek Ma "Ochiq innovatsiyalar" forumidagi nutqida aytib o‘tdi.

"Biz odamlarga o‘xshash robotlarni yaratamiz, biroq mashinalar mashina, odamlar odam bo‘lib qoladi. Odamlar bizda mashinalarda bo‘lmagan ishonch, munosabatlar, qadriyatlar borligiga ishonishlari kerak va men mashinalar bizning o‘rnimizni egallashiga ishonmayman", deb aytgan Ma.

Uning aytishicha, internet va raqamli texnologiyalar insonlarning ko‘plab muammolari yetimi bo‘ladi. "Bu barqarorroq rivojlanish bo‘ladi. Fikrimcha, bu taraqqiyot odamlarni baxtliroq qiladi", deb qo‘shimcha qilgan Ma.

Biroq Maning aytishicha, raqamli texnologiyalarning global rivojlanishi hozirda geografiya va yangi kompaniyalar ishtiroki nuqtai nazaridan bir tekis yuz bermayapti. "Hozir globallashuv bir tekis yuz bermayapti, dunyoda yetakchilik qilayotgan 60 ga yaqin kompaniyagina bor", deb aytgan Alibaba.

"Ochiq innovatsiyalar" forumi Moskvada bo‘lib o‘tmoqda. Uning bosh mavzusi "Raqamli iqtisodiyot. Global transformatsiya chaqiriqlari" deb atalgan. 

Mavzuga oid