Jahon | 11:00 / 18.10.2017
37010
2 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev: Nazarboyevning atrofida faqat oligarxlar

Foto: kabar.kg

«Qirg‘izistonda boshqa qo‘shnilar ham bor», - dedi ushbu davlat prezidenti Almazbek Atamboyev 18 oktabr kuni «Ala-Archa» davlat qarorgohida prezident stipendiantlari oldida Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat haqida to‘xtalib o‘tib.

Davlat rahbarining ta'kidlashicha, Qirg‘iziston o‘z mahsulotlarini sotishning boshqa yo‘llarini ham topishi mumkin - Xitoy, O‘zbekiston, Tojikiston. Shu bilan birga, u yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari muhimligini qayd etdi.

«Men Qozog‘iston prezidenti haqida hissiyot bilan gapirganimda, ehtimol, xato qilgandirman. Men bu haqda shu kunlarda o‘yladim. Qozog‘iston prezidenti o‘z atrofidagilarga ishonadi, prezidentning hamrohlari esa - oligarxlardir. Ehtimol, u men kabi ishonuvchandir», - dedi A.Atamboyev. 

«Qozog‘iston oligarxlari faqatgina Nazarboyevdan keyin nima bo‘lishi va o‘z pullarini qanday saqlab qolish haqida o‘ylashmoqda. Men qo‘shnilar bilan har doim birodarlik munosabatlarini xohlaganman va xohlamoqdaman. Biz barcha qo‘shnilarimiz bilan tinchlikda yashashimiz kerak. Ba'zida biroz sabr qilishimiz kerak, ammo biz o‘z mustaqilligimizni himoya qilishimiz lozim», - degan Atamboyev.

Mavzuga oid