Jamiyat | 18:39 / 18.10.2017
36303
3 daqiqa o‘qiladi

Depressiya va bosh og‘rig‘i o‘rtasidagi noyob bog‘liqlik aniqlandi

Foto: Fotolia

Muntazam ravishda bosh og‘rig‘i va migrendan aziyat chekuvchilar depressiya va horg‘inlikdan qolganlarga nisbatan ko‘proq aziyat chekishar ekan. Headache jurnali shifokorlarning ushbu xulosasi bilan bo‘lishdi. 

"Bu kashfiyot bosh og‘rig‘i chastotasi va kuchini kamaytiruvchi dorilar, xuddi shu bemorlarda depressiya va horg‘in kayfiyat rivojlanishi ehtimolini kamaytirishi mumkinligidan dalolat beradi", - deydi Tayvan milliy tibbiyot markazidan Fu-Chi Yan.

Migren nevrologik kasallik hisoblanadi, unga boshning bir tomonidagi damba-dam yoki muntazam kuchli og‘riqlar xos. Kasallikning paydo bo‘lish sabablari turlicha bo‘lishi mumkin - jismoniy zo‘riqish, yeguliklar, ob-havo omillari, uyqusizlik. Qoidaga ko‘ra, migrendan erkaklarga nisbatan ayollar ko‘proq aziyat chekishadi. 

So‘nggi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, migrenga moyillik asosan ba'zi genlarning tuzilishiga bog‘liq, organizmning sovuqqa ta'siri uchun javobgar DNK uchastkalari ham shular jumlasidandir. 

Yan va uning hamkasblari klinikaning nevrologiya bo‘limida ro‘yxatda turgan taxminan 600 bemorning sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarni kuzatib, migren, bosh og‘rig‘i va depressiya o‘rtasidagi noyob bog‘liqlikni kashf qilishdi. 

Olimlar tadqiqot davomida ajoyib faktga e'tibor qaratishdi - depressiyadan aziyat chekkan odamlar ko‘proq surunkali bosh og‘rig‘iga moyil bo‘lishgan va shu bilan birga, og‘ir shakldagi migrendan aziyat chekuvchilarda qolganlarga nisbatan ko‘proq horg‘in kayfiyat kuzatilgan. 

Bularning bari depressiya rivoji belgilari surunkali migrendan aziyat chekuvchilarda qolganlarga nisbatan ikki karra yorqinroq kechishidan dalolat beradi. 

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday bog‘liqlikning mavjudligi nafaqat kasalliklarning umumiy ildizga ega ekanligidan, balki bir kasallik bilan kurashish ikkinchisidan ham xalos bo‘lishga yordam berishiga ishora qiladi. Bu bog‘liqlikning mohiyati hozircha aniq emas, biroq Yan va uning hamkasblari depressiya ham, migren ham bemorlarning aksariyatini qiynagan uyqusizlik natijasida rivojlanishini taxmin qilishmoqda. 

Mavzuga oid