Sport | 22:41 / 18.10.2017
5755
2 daqiqa o‘qiladi

Shumaxerning o‘g‘li "Formula-1"da ishtirok etishni ko‘zlamoqda

Foto: Thomas Pakusch / Globallookpress.com

"Formula-1" avtopoygasining afsonaviy poygachisi Mixael Shumaxerning o‘g‘li Mik "Formula-1"da ishtirok etishni ko‘zlamoqda. Bu haqda Mikning o‘zi ma'lum qilgan.

"Men o‘zimga e'tibor qaratib, boshqa poygachilarga boqmayman. Har bir poygachi o‘zicha taraqqiy qiladi, buni taqqoslab bo‘lmaydi. Men qadamma-qadam olg‘a bormoqdaman va o‘zimni kelgusiga tayyorlamoqdaman. Men tayyorligimni anglaganimda, keyingi qadamni tashlayman", deb aytgan kichik Shumaxer.

Ayni vaqtda 18 yoshli yigit "Formula-3"da ishtirok etmoqda. O‘tgan mavsumda u 12-o‘rinni egallagandi.

Mixael Shumaxer Alp tog‘larida chang‘i uchish vaqtida olgan bosh miya jarohati tufayli 2013 yildan beri yotib qolgan. Ayni vaqtda u Shveytsariyadagi uyida shifokorlar nazoratida qolmoqda. 6 oktabrda Ruminiya OAV sobiq poygachining bo‘yi yotoqlik vaqtida 14 sm kichrayib ketgani, vazni esa 75 kg dan 45 kg gacha kamayib ketganini ma'lum qilgandi. Shuningdek, Shumaxer yana koma holatiga tushgani qayd qilingan. 

Mavzuga oid