Jamiyat | 22:05 / 19.10.2017
6045
2 daqiqa o‘qiladi

2 kunda 4 kg 380 gramm-Toshkent ShIIBB shuncha marixuanani musodara qildi

Toshkent shahar IIBB giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni fosh etmoqda. ShIIBB rasmiy vakili Doniyor Toshxo‘jayevning matbuot brifingida ma'lum qilishicha, 2017 yilning 14 oktabr kuni Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida Toshkent shahriga kirib kelayotgan fuqaro Rasulov boshqaruvidagi “Damas” avtoulovi to‘xtatilgan. U ko‘zdan kechirilganda, yo‘lovchi sifatida kelayotgan va o‘zining hatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan Xodulin Leonid xolislar ishtirokida tekshirilgan. Uning yonida jami og‘irligi 724,2 grammni tashkil etuvchi “marixuana” giyohvandlik vositasi mavjudligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan Xodulinga nisbatan Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ya'ni, giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda, ko‘p miqdorda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
  
Bundan tashqari, 2017 yilning 15 oktabr kuni olingan tezkor ma'lumotga asosan yuqorida qayd etilgan YPX maskani xodimlarining faoliyati maqsadli tadbirga yo‘naltirildi. 

Tadbir davomida Toshkent shahriga kirib kelayotgan fuqaro Olimov boshqaruvidagi “Neksiya” avtoulovi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda yo‘lovchi sifatida kelayotgan Agzamov Baxtiyor og‘irligi 3 kg. 656,4 grammni tashkil etuvchi “marixuana” giyohvandlik vositasini olib ketayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olindi.

Agzamovga nisbatan JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ya'ni, giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda, ko‘p miqdorda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid