O‘zbekiston | 16:00 / 20.10.2017
25868
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda rangli metall parchalari va chiqindilarini faqat bir korxona tayyorlaydigan bo‘ldi

Foto: iStock

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli metall parchalari va chiqindilarini to‘plash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.

Hujjat rangli metall parchalari va chiqindilarini to‘plash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni tayyorlashni rag‘batlantirish, xomashyo resurslarini qayta ishlash va samarali ishlatish quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni ta'minlash, shuningdek zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini faol joriy qilish maqsadida qabul qilindi

Qaror bilan “Toshkent rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJ aksiyadorlarining korxona nomini “O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJga (“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ) o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilanishicha, “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

Quyidagilar “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ ning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

birinchi - O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida, jumladan rangli metall parchalari va chiqindilari muntazam hosil bo‘ladigan yuridik shaxslar bilan fyuchers shartnomalari, shuningdek “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga metall parchalari topshiruvchilardan rangli metall parchalari hamda chiqindilarini to‘plash va topshirish uchun yuridik shaxslar bilan topshiriq shartnomalarini tuzish orqali rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash hamda metall parchalari topshiruvchilardan qabul qilish bo‘yicha samarali tizimni tashkil etish;

ikkinchi - ishlab chiqarishni yangi turdagi mahsulotlar tayyorlashni o‘zlashtirish bo‘yicha modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, rangli metallarni qayta ishlaydigan zamonaviy, energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni joriy etish, shuningdek xomashyo bazasini kengaytirish;

uchinchi - ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur'atlarini ta'minlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarning eksport hajmlarini, jumladan yangi bozorlarni o‘zlashtirish hisobidan oshirish, tashqi bozorlardagi pozitsiyalarni mustahkamlash;

to‘rtinchi - mahsulot tannarxini, xususan, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chikarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, ishlab chiqarish va operaniya xarajatlarini makbullashtirish, tovarlar hamda xizmatlar importi hajmlarini qisqartirish hisobidan pasaytirishga doir aniq maqsadli ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish;

beshinchi - ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan kayta jihozlash jarayonlariga innovatsiya ishlanmalarini joriy etish, ilm-fan va ishlab chikarishning yanada yakin aloqasini ta'minlash;

oltinchi - oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hamda ilmiy muassasalar bilan kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish orqali muhandis-texnik va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish, ularni kayta tayyorlashni tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I.Ibragimov va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori F.R.Abdullayev zimmasiga “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlarining to‘liq hamda sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy mas'uliyat yuklandi.

“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ ijro etuvchi apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 77 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Belgilab qo‘yilishicha, “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida rangli metall parchalari va chiqindilarini faqat “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ tayyorlashi belgilab qo‘yildi.

Mavzuga oid