Putin kelajakda atom bombasidan ham xavfliroq narsa nima bo‘lishini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida o‘tayotgan Butunjahon yoshlar va talabalar festivali sessiyasida nutq so‘zladi. Bu festivalga butun dunyodan 30 ming kishi kelgan.
Festivalning oxirgi sessiyasi kelajakka bag‘ishlandi. Putin bu boradagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
U fan va genetikadagi taraqqiyot haqida to‘xtalib, bir bilimlar uchun boshqa bilimlarni izlashda ehtiyot bo‘lish kerakligini aytdi. "Biz ishimizning ma'naviy, axloqiy tomonlarini hech qachon unutmasligimiz kerak. Barcha qilayotgan ishlarimiz foydali bo‘lishi, insonni mustahkam qilishi kerak, uni barbod qilishi kerak emas", deb aytdi Putin.
Putinning aytishicha, irsiy muhandislik (gennaya injyeneriya) dorishunoslik, inson kodini o‘zgartirish sohasida ajoyib imkoniyatlarni beradi.
"Faraz qiling, inson berilgan ko‘rsatkichlarga ega boshqa insonni yaratishi mumkin. Bu ajoyib matematik, genial musiqachi bo‘lishi, biroq shu bilan birga qo‘rquvsiz, rahm-shafqatsizlik bilan jang qiluvchi harbiy bo‘lishi ham mumkin", deb o‘z so‘zlarini davom ettirdi Putin.
"Insoniyat o‘z rivoji va mavjudligining juda mas'uliyatli davriga kirishi mumkin va ehtimol, yaqin orada kiradi ham. Va men hozir yuqorida aytganlarim atom bombasidan qo‘rqinchliroq bo‘lishi mumkin", deb aytdi Putin.
Putinning ta'kidlashicha, shu sababli yangi texnologiyalardan samarali foydalanish va ularni amaliyotga keng joriy qilish lozim.
Putin bunga bir misol keltirib o‘tdi: "Bir faraz qiling, Rossiyaning g‘arbiy nuqtasi – Kaliningraddan uning eng sharqiy nuqtasi – Vladivostokkacha bugungi kunda samolyotda 8-9 soatdagidek emas, koinot texnikasi yordamida 20 daqiqada yetib bora olasiz. Raketa shunday tezlik bilan uchadi. Ulardan foydalanish mumkinmi? Mumkin. Biroq u qo‘llanadimi – yo‘q. Chunki juda qimmat turadi. Koinot turizmi rivojlangan – koinotga uchish 20 mln dollar turadi. Bunday safarni bu yerdagilardan biror kishi o‘ziga ijozat bera oladimi? Buning ehtimoli juda kichik, biroq biz bu texnologiya keng amaliyotga tatbiq qilinishiga erishmog‘imiz kerak", deb aytdi Rossiya prezidenti.
Putin "eng muhim deb bilgan narsalardan biri – ta'limga e'tiborni kuchaytirish" kerakligini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
15:59
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
14:14 / 23.12.2024