Light | 19:14 / 21.10.2017
8943
3 daqiqa o‘qiladi

Richard Brenson o‘z kompaniyalarini tanitish uchun qanday choralarga qo‘l urganini ma'lum qildi

Foto: Vigrin/Nick Hall

Forbes jurnalining 100 yilligi munosabati bilan eng ekssentrik milliarderlardan biri, Virgin Group xoldingi rahbari Richard Brenson tavakkalchiliklari haqida esse yozishga qaror qildi. Uning fikrlari bilan qisqacha quyida tanishishingiz mumkin. 

“Menimcha, ushbu loyihada ishtirok etayotgan tadbirkorlar orasida faqat men kompaniyalarim haqida ma'lum qilish uchun eng ahmoqona va aqlni shoshiradigan ishlarni qilgan bo‘lsam kerak. Ba'zan bu yordam beradi, ba'zan esa yo‘q. 

Virgin America kompaniyami ish boshlaganida Nyu York-Las Vegas shaharlari o‘rtasida reysni yo‘lga qo‘ydi. Mening xodimlarim meni Palms mehmonxonasiga olib borishdi va eng baland qavatdan hovuzga sakrashim kerakligini aytishdi. Men rezina arqonga bog‘langan holda sakrashim kerak edi. 

Bu g‘oya menga yoqdi: soatiga 80 km tezlikda shamol esar edi. Ammo men pastga sho‘ng‘ir ekanman, binoni devoriga ham urildim va shimim ham biroz yechildi. Oyog‘imdan qon oqar edi. Men shu ko‘rinishda tantanali kechada namoyon bo‘ldim. 

Foto: Vigrin/Nick Hall

Virgin obro‘si mening shaxsiyatim bilan juda ham bog‘liqdir. Shu boisdan ham kompaniyaga zarar keltirmaslik uchun men juda ehtiyotkor bo‘lishim kerak. Biroq bu tavakkalchilik qilmaslikni anglatmaydi. Bizning kompaniyalar guruhi kengayib borar ekan, tavakkalchiliklar hajmi ham ortib boraveradi. 

Bizning asosiy investitsiya yo‘nalishlarimizdan biri fazoviy parvozlarni taklif etuvchi kompaniyalar bo‘ldi. Biz ularga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ kiritdik. 

Biz hammamiz hayotimiz davomida doim tavakkal qilamiz, bular yaqinlarimiz bilan munosabaitlarda yoki ishbilarmon hamkorlarimiz bilan bo‘lgan aloqalarda ko‘zga tashlanadi. Ba'zida boshimizni toshdevorga uramiz, lekin insonlar qandaydir yangi narsalarni sinab ko‘rmoqchi bo‘lib, omadsizlikka duchor bo‘lganlarga nisbatan g‘arazliklari yo‘q”, - deb yozadi Brenson.

Mavzuga oid