Sport | 00:18 / 22.10.2017
29817
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik bodibildingchilar jahon chempionatidan rekord miqdordagi medallar bilan qaytishdi 

Litvaning Kaunas shahrida fitnes va bodibilding bo‘yicha 28-jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Ushbu musobaqa Butunjahon fitnes federatsiyasi va Butunjahon bodibilding federatsiyasi boshchiligida o‘tadi.

E'tiborlisi, 25 dan ko‘proq davlat vakillari ishtirok etgan bu musobaqadan yurtimiz vakillari quruq qo‘l bilan qaytishmadi. Ular O‘zbekiston tarixida ushbu sport turlari tarixidagi rekord miqdordagi medallar shodasini qo‘lga kiritishdi. O‘zbekistonning bodibilding va fitnes terma jamoasi safiga 6 nafar sportchi kiritilgandi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Butunjahon fitnes va bodibilding federatsiyasi prezidenti Sergey Medvedev boshchilik qildi. 

Sportchilarimiz umumiy hisobda 13 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, Yelena Lisitskaya musobaqaning 3 ta oldin medalini qo‘lga kiritib, fitnes bo‘yicha 3 karra jahon chempioni bo‘ldi. Shuningdek, Gulnoza Niyazimbetova oltin va bronza medallarni, Lyudmila Bogatyr va Ilya Urazmetov oltin va kumush medallarni, Larisa Rusakevich va Aleksandr Saxarov kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.

"Bizning jamoa 3 oy avval shakllantirildi va bu vaqt ichida sportchilar mamlakatimizni chempionatda munosib taqdim qilish uchun astoydil tayyorlandilar. Ushbu g‘alaba sportchilarimizni yanada ilhomlantirdi va biz olg‘a borish istagidamiz. Keyingi yil bahorida Yevropa ochiq chempionatida ishtirok etmoqchimiz. Va albatta fitnes va bodibilding Olimpiya sport turlariga kiritilishini orzu qilib qolamiz", deb aytdi Medvedev.     

Mavzuga oid