Jahon | 10:10 / 23.10.2017
28654
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda yana odamlar o‘qqa tutildi

AQShning Virginiya shtatida sodir etilgan otishma oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, bir kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy politsiya tvitterda ma'lum qildi. Otishma noma'lum kimsa tomonidan shtatning eng yirik shahri Aleksandriyada olib borilgan. 

Guvohlarning aytishicha, jinoyatchini ushlash bo‘yicha operatsiya qizg‘in pallada. Ko‘chalar to‘sib qo‘yilgan, osmonga politsiya vertolyoti ko‘tarilgan. Otishmani kim sodir etgani hozircha noma'lum. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, shaharliklar uchun ayni damda xavf yo‘q. 

1 oktabr kechki vaqt Las-Vegasda (Nevada shtati) musiqa festivali vaqtida odamlar o‘qqa tutilgandi. Otishmani Stiven Peddok ismli kimsa mashhur "Mandalay-bay" mehmonxonasining 32-qavatidan olib borgan. Ma'lum qilinishicha, konsertda 22 mingga yaqin kishi bo‘lgan. Hujum oqibatida 58 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortiq kishi yaralangan. Qotil jinoyatni sodir etgach, o‘z joniga qasd qilgan.

Mavzuga oid