Fan-texnika | 08:29 / 24.10.2017
13547
1 daqiqa o‘qiladi

Beeline Uzbekistan AppStore va Play Market bepul biznes-ilovalari orasida yetakchilik qilmoqda

Foto: Beeline

Beeline iOS va Android bepul mobil biznes-ilovalar reytingida bosh pog‘onani egalladi. Play Market va AppStore ilovalari orasidagi o‘z toifasida o‘n minglab yuklab olishlar Beeline Uzbekistan ilovasini rahnamoga aylantirdi.

“Yuklab olishlar soni - planshet va smartfon foydalanuvchilari orasida ilova ommabopligi va Beeline xizmatlariga talabdorlikning eng yaxshi ko‘rsatgichi, – deydi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov. – Ilova orqali abonentlarimiz kompaniyaning tarif va xizmatlari haqida batafsil ma'lumot olishlari mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, ilova kompaniya abonentlariga raqamlarni boshqarish, detalizatsiyalarni ko‘rish, Beeline‘ning eng yaqin ofisini aniqlash uchun barcha kerakli buyruqlar va xizmatlarga ega bo‘lishga yordam beradi.

Mavzuga oid