O‘zbekiston | 10:10 / 25.10.2017
56814
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Foto: Laurent ERRERA / L'Union

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 25 oktabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Avval xabar qilinganidek, Anqara shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, global hamda mintaqaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, Istanbul shahriga ham tashrif buyuradi. 

Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar uchun qulay sharoitlar yaratish, sayyohlar almashinuvi va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga qaratilgan ko‘plab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid