Toshkentda ipakchilik bo‘yicha anjuman va bayramona milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, “Buxoro Birilliant Silk” korxonasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Sifatli va raqobatbardosh pilla xom-ashyosi yetishtirishning dolzarb muammolari” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etdi.
Ipakchilik ilmiy tadqiqot institutining 90 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbirning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2017 yil 29 martda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ilgari surilgan pillachilik sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini va uning turlarini kengaytirishga qaratilgan.
Mazkur tadbir xorijiy investorlarni 3000 ming yillik tarixni qamrab olgan o‘zbek ipakchilik sohasining eksport salohiyati bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Uyushma faoliyati samarasi o‘laroq bugun tarmoqda mavjud ko‘pgina muammolar hal qilinishiga erishilmoqda. Qisqa davr ichida “O‘zbekipaksanoat” sohada ko‘pgina natijalarga erishganini ko‘rsatdi.
Konferentsiya ishida Yaponiya, Hindiston, Ozarboyjon, Xitoy kabi mamlakatlardan mutaxassis, olim va professorlar, butun dunyoga mashhur bo‘lgan ipakchilik sanoati uchun texnologik uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, mamlakatimizning tegishli vazirlik va idora vakillari, diplomatik korpus va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan boshqa tashkilotlar ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda “O‘zbekipaksanoat” Uyushmasi bilan yaqindan hamkorlik qiladigan yirik xorijiy investorlar – “Silk expert proceeding”, “Samarkand Tian Zhu Silk Worm”, “Huashen Silkworm Pro”, “Andijan Silk Co” QKlar ishtirok etgan.
Forum doirasida ipakchilik sohasidagi mavjud muammo va yutuqlar mavzuida ma'ruzalar tashkil etildi.
Anjuman yakunida Ipakchilik ilmiy tadqiqot institutining 90 yilligi munosabati bilan ipak matolaridan tayyorlangan bayramona milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024