Jamiyat | 15:20 / 03.11.2017
11054
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zMUda «Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston» doimiy ekspozitsiyasi bilan tanishdi

Foto: O‘zMU

Shu yilning 2-3 noyabr kunlarida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejashtirilgan MDH a'zo davlatlar hukumat raislari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isaqov bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. 

Qirg‘izistonlik mehmonlar O‘zMUda tashkil etilgan «Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston» doimiy ekspozitsiyasi bilan tanishishdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, O‘zMU rektori Avazjon Marahimov, adabiyotshunos Ahmadjon Meliboyev va boshqalar atoqli qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov allaqachon millionlab o‘zbek kitobxonlari qalbidan munosib joy olgani haqida so‘z yuritishar ekan, prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 5-6 sentabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifini amalga oshirgan chog‘ida ulug‘ yozuvchi Chingiz Aytmatovning o‘zbek va qirg‘iz xalqlari haqida «Xalqlarimizning qoni bir, tili bir» degan hikmatli so‘zlarini misol qilib keltirgani barchada katta qiziqish uyg‘otganini alohida ta'kidlashdi. 

Ekspozitsiya mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Ular atoqli adib Chingiz Aytmatovning yaqinda chop etilgan to‘la asarlar to‘plamlarini tuhfa etishdi.

Mavzuga oid