Jahon | 07:06 / 04.11.2017
12175
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq yana 700 ga yaqin hujjat e'lon qilindi

Foto: AP Photo

AQSh Milliy arxivlarida ma'lum qilinishicha, saytda joylashtirilgan hujjatlarning aksariyati (553 tasi) Markaziy razvedka boshqarmasiga taalluqlidir. Bundan tashqari, gap Kennedining o‘ldirilishi tergovi bilan shug‘ullangan AQSh kongressi vakillari palatasining maxsus qo‘mitasi, Pentagon va adliya vazirligi materiallari haqida ketmoqda. Jumladan, bir qator hujjatlar Kennedining qotili deb ataluvchi Li Xarvi Osvaldning Sobiq ittifoqning Meksikadagi aloqalariga taalluqli.

Hozirgi hujjatlarning e'lon qilinishi uchinchi raqamlisidir. Iyul va oktabrda Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq 6,5 mingga yaqin hujjat chop etilgan.

Ba'zilarning fikricha, FQB “Kennedi ishi” bilan bog‘liq hujjatlarni e'lon qilish orqali ko‘plab soxta ma'lumotlarni tarqatishga urinmoqda.

Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasda o‘ldirilgan. Rasmiy versiyaga ko‘ra, uning qotili sobiq dengiz piyoda askari Li Xarvi Osvald bo‘lgan.

Mavzuga oid