Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash faoliyatida narxlar o‘sishi 13,6 foizni tashkil qildi
2017 yilning 9 oyligida 2016 yilning mos davriga nisbatan narxlarning birmuncha tez o‘sishi tog‘–kon sanoati va ochiq konlarni ishlash faoliyati tovarlari narxlarining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, yil boshidan narxlar 13,6 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining tegishli hisobotida aytiladi.
Narxlarning birmuncha keskin ko‘tarilishi 2017 yilning iyun oyi holatiga to‘g‘ri keladi (10,3 foizga), bunda, Moliya Vazirligining reyestriga asosan xom neft va tabiiy gaz va kondensat narxlari o‘zgarishi sabab bo‘ldi.
2017 yilning yanvar-sentabrida elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash tariflari 5,8 foizga oshdi (o‘rtacha oylik o‘sish 0,6 foiz). Asosiy o‘zgarishlar issiqlik energiyasi 13,4 xamda elektr energiyasiga tariflarning 6,9 foizga shuningdek, gaz va yer osti gaz infratuzilmasi 7,5 foizga va gazsimon yoqilg‘i quvurlar orqali yetkazib berish xizmatlari 4,5 foizga kamaydi.
Ishlab chiqarish sanoati narxlari 2017 yilning yanvar–sentabr oylarida o‘rtacha o‘sish 2,1 foizni tashkil etdi (2016 yilning mos davrida esa 1,2 foiz). Suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda 2017 yil 9 oyi davomida o‘sish 1,0 foizni tashkil etdi (2016 yilning yanvar–sentabr oylarida 0,3 foiz).
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024