O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va YeTTB o‘rtasida zayom kelishuvi imzolandi
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (TIF MB) 2017 yilning 8 noyabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan kichik biznes va savdoni qo‘llab-quvvatlashga doir 100 million AQSh dollarlik zayom kelishuvini imzoladi. Bank matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi moliyalashtirish dasturi 70 million AQSh dollarini, YeTTBning savdoga ko‘maklashish dasturi doirasidagi limit esa 30 million dollarni tashkil qiladi.
O‘zbekiston milliy banki boshqaruvi raisi Suhrob Xolmurodov TIF MB va YeTTB o‘rtasidagi kelishuvning imzolanishi o‘zaro hamkorlik va yangi loyihalarni amalga oshirishdagi yangi bosqichni boshlab berishiga ishonch bildirdi. U YeTTBni O‘zbekistonda ko‘rishdan xursand ekanini bildirib, YeTTB salohiyatining mustahkamlanishi respublika iqtisodiyoti uchun ajoyib aktiv bo‘lishini ta'kidladi.
YeTTBning birinchi vitse-prezidenti Fil Bennett bu borada shunday deydi: "Biz sarmoya kirituvchi mamlakatlarda birga ishlovchi hamkor-banklar oilasida TIF MBni ko‘rganimizdan shodmiz. Ishonchim komilki, bizning kredit liniyalarimiz va moliyaviy nou-xaularimiz o‘zbekistonlik xususiy mikro, kichik va o‘rta korxonalarga mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida kuchli, barqaror va faol faoliyat yuritishga yordam beradi. Yangi mablag‘larga ega bo‘lish ularga o‘z salohiyatini amalga oshirishda ko‘mak berishiga umid qilamiz".
YeTTBning savdoga ko‘maklashish dasturi TIF MBga import va eksport operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga, bank xizmat tizimini rivojlantirishga va savdoni moliyalashtirish uchun mahsulotlar assortimentini mustahkamlashga yordam beradi.
Mavzuga oid
08:31 / 02.12.2024
Plastik bo‘yicha global kelishuv haqidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi
21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin
12:53 / 27.11.2024
DTEK YeTTBning kompaniyani moliyalashtirishdan bosh tortganiga izoh berdi
11:51 / 25.11.2024