Falcon 9 raketasining yangi dvigateli sinov vaqtida portlab ketgani ma'lum bo‘ldi
AQShning Texas shtatida Falcon 9 raketasi uchun mo‘ljallangan Merlin dvigatelining yangi modifikatsiyasi sinovlar vaqtida portlab ketgani ma'lum qilindi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.
Voqea 5 noyabrda SpaceX kompaniyasining poligonida yuz bergan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Ushbu holat yuzasidan “batafsil va ochiq tergov boshlangan” va shu sababli bu turdagi dvigatellarning sinovlari vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan.
SpaceX vakilining aytishicha, ushbu avariya Falcon 9 raketalari parvoz jadvaliga ta'sir qilmaydi. SpaceX raketani yaqin orada kamida uch marta uchirmoqchi. Navbatdagi parvoz keyingi haftaga belgilangan.
Bu kompaniyaning raketalari bilan yuz berayotgan birinchi ko‘ngilsiz hodisa emas. 2016 yil sentabrida parvoz oldi sinovlari vaqtida SpaceX’ning parvoz maydonchasida Falcon 9’ning o‘zi yonilg‘i bilan to‘ldirilayotgan vaqtda portlab ketgan. 2015 yil iyunida esa raketa parvozining 139-soniyasida portlab ketgan. Buning oqibatida Dragon yuk kemasi va 8 ta Flock 1f sun'iy yo‘ldoshi yo‘qotilgan.
Mavzuga oid
21:22 / 21.12.2024
SpaceX raketasi Janubiy Koreyaning razvedka apparatini orbitaga uchirdi
13:45 / 29.01.2024
Qiziqarli va antiqa: elektromobillar evolyutsiyasi
11:02 / 20.01.2020
SpaceX sinov vaqtida Falcon 9 raketasini ataylab portlatib yubordi (video)
08:58 / 07.01.2020