Kelasi oyga oldindan to‘lagan “qarzdor”
Xo‘jayli tumani B.Qurbonov ko‘chasida istiqomat qiluvchi M.Yu. ariza bilan tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi matbuot va axborot sektori.
Unga ko‘ra, xonadon egasining Xo‘jayli tuman gaz ta'minoti korxonasidan 427 233 so‘m qarzdorligi mavjud ekan. Bu holatdan norozi bo‘lgan fuqaro vaziyatga aniqlik kiritishni so‘ragan.
Ariza jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib, xonadon hisob raqamiga kelib tushgan pullar qayta hisob-kitob qilindi. Natijada xonadonning korxonadan hech qanday qarzi yo‘q ekanligi, aksincha kelasi oylar uchun 231 529 so‘m to‘langani aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha korxona mutaxassisidan tushuntirish xati olindi hamda iste'molchi kelasi oyda ham tabiiy gazdan bemalol foydalanishi mumkinligi tushuntirildi.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024